"Olmaliq" futzal klubi bosh murabbiyi mag'lubiyat sabablarini aytdi

Xayrulla Xoliqov
25 iyul 2017
"Olmaliq" uchun futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z nihoyasiga etdi.

Bugun bu jamoa Tailandning "Chonburi" klubidan 0:5 hisobida engilib guruhdan chiqa olmadi. Jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Petrov mag'lubiyat sabablarini tushuntirdi: 

- "Men jamoamiz musobaqada juda yomon ishtirok etganidan xafaman. Bugun birinchi uchrashuvga qaraganda yanayam yomon o'ynadik. Hisob 1:0 bo'lgach ham menda umid bor edi, ammo ikkinchi golni o'tkazib yuborganimizdan keyin hammasi tugadi. Nima uchun ikkita o'yinni yutqazdik? Chunki jamoada yoshi katta o'yinchilar ko'p, biz endi o'tish davrini boshdan kechiryapmiz. Keyingi turnirga yoshargan tarkib bilan kelamiz". 



Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia