Oliy liga-2016. "Sho'rtan" 8-turga kelib ilk g'alabani qo'lga kiritdi

Narzulla Saydullayev
7 may 2016
G'uzorning "Sho'rtan" klubi oliy liganing dastlabki 7 turida umuman g'alaba qozona olmagan edi.
Bugun jamoa o'z maydonida Jizzaxning "So'g'diyona" klubini qabul qilib 4:2 hisobida zafar quchdi va 7 o'yinlik g'alabasiz seriyaga chek qo'ydi. Ma'lumot uchun, "Sho'rtan" dastlabki 6ta turda 6ta mag'lubiyat qayd etgandi. O'tgan turda Farg'onadan 1 ochko bilan qaytgandi.

 
1-tur
"Nasaf" - "Sho'rtan" 2:1

2-tur
"Sho'rtan" - "Qizilqum" 0:1

3-tur
"Metallurg" - "Sho'rtan" 3:2

4-tur
"Sho'rtan" - "Bunyodkor" 0:1

5-tur
"Navbahor" - "Sho'rtan" 3:1

6-tur
"Sho'rtan" - "Lokomotiv" 0:2

7-tur
"Neftchi" - "Sho'rtan" 2:2

8-tur
"Sho'rtan" - "So'g'diyona" 4:2

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia