Oliveyraga turk klubi qiziqmoqda

Alisher
22 iyun 2022
"Portu" yarim himoyachisi Serjiu Oliveyra "Fenerbaxche"ning maqsadiga aylandi.

Portugaliyalikni klub bosh murabbiyi Jorje Jezush o'z jamoasida ko'rmoqchi.

Eslatib o'tmaiz, Oliveyra o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Roma"da ijarada o'tkazdi, uni Joze Mourinyu taklif qilgan edi. "Bo'rilar" ijara muddati yakuniga etgach, portugaliyalikni xarid qilishni rad etishdi.

Oliveyra A Seriya doirasida o'tgan mavsum 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia