Olimpiya terma jamoamizning Dohaga boradigan tarkibi ma'lum

Khoja
16 mar 2024
Timur Kapadze O'zbekiston U-23 terma jamoasining mart oyidagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga jalb etilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Ma'lumot uchun,  O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Dohada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi. Timur Kapadze shogirdlari yig'in doirasida Qatar U-23 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, Parij olimpiadasiga yo'llanma beruvchi U-23 Osiyo kubogi shu yilning 15 aprelidan 3 may sanasiga qadar aynan Qatar mamlakatida bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi "D" guruhida Vetnam, Kuvayt hamda Malayziyaga qarshi bahs olib boradi.


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA