Olimjon Karimov: "O'z maydonimizdagi birinchi o'yinda hayajon bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
13 mar 2016
"Sho'rtan" - "Qizilqum" (0:1) uchrashuvidan so'ng maydon egalari vakili Olimjon Karimov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin yaxshi bo'ldi. O'z uyimizdagi ilk uchrashuv bo'lgani uchun baribir ozgina hayajon bo'ldi. Bizga ozroq omad etishmadi. Keyingi bahslarda yanada yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz".

"Barcha chiziqlar yaxshi, biroq gol ura olmayapmiz. Yani vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz. Buni to'g'rilashimiz kerak", - deydi Olimjon Karimov.

"Sho'rtan" matbuot xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia