"Olimjon Ahmedov kubogi II" musobaqasi yakuniga etdi. Oltin, kumush, bronza egalari ma'lum

Iskandarov Abdulaziz
22 dek 2021
2009 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi "Olimjon Ahmedov kubogi II" musobaqasi bo'lib o'tdi.

Dastlab bronza medallari uchun maydonda Odil Ahmedov FA 10 va "Do'stlik" jamoalari kurash olib bordi. Murosasiz kechgan o'yinda Samug Dadaev boshchiligidagi "Do'stlik" kichik 1:0 hisobida ustun keldi. 

Bosh sovrin esa To'raqo'rg'onda qoladigan bo'ldi. Finalda To'raqo'rg'onning Odil Ahmedov FA va Toshkentning Odil Ahmedov FA jamoalari o'zaro to'qnash keldi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Poytaxt jamoasi esa o'z o'zidan kumush medal bilan taqdirlandi. 

Shuningdek turnirning eng yaxshilariga maxsus sovrinlar topshirildi. 


Bronza medal  - Toshkentning "Do'stlik" jamoasi 


Bronza medal egasi - Odil Ahmedov FA 10 jamoasi


Kumush medal sohibi -  Odil Ahmedov FA (Toshkent) jamoasi


 "Olimjon Ahmedov kubogi II" musobaqasining 2021 yilgi g'olibi Odil Ahmedov FA (To'raqo'rg'on)



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia