Olich: "Bild faoliyatimni yakunlayotganim haqida yozganini bilaman, ammo..."

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2017
Xorvatiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ivica Olich faoliyatini yakunlash haqida qaror qabul qilganini rad etmoqda.

Oldinroq Bild nashri 37 yoshli futbolchining quyidagi so'zlarini ommaga e'lon qilgan edi: "Butsalarimni mixga ilishga tayyorman. Faoliyatimni toza vijdon bilan yakunlashni o'ylayapman".

"Bild faoliyatimni yakunlayotganim haqida yozganini bilaman, ammo bu yolg'on. Balki so'nggi o'yinimni o'tkazgandirman, balki yo'q. Vaziyat o'tgan yozdagidek - agar yaxshi taklif olsam, o'ynashda davom etaman. Jarohat olmaganman, o'zimni yaxshi his qilyapman. Ammo agar munosib taklif bo'lmasa, ketaman" - deydi Olich.

Olichning so'nggi klubi ikkinchi Bundesligani tark etgan "Myunxen-1860" jamoasi bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sportske Novosti