Oleg Kononov: "Pereyra va Odil Ahmedov mavsumni juda yaxshi o'tkazdi"

Aslanov Jasurbek
30 may 2015
"Krasnodar" bosh murabbiyi Oleg Kononov "Dinamo"ga qarshi kechgan Rossiya chempionati 30-tur uchrashuvidan so'ng o'yin haqida fikr bildirdi.
"Bugun alamli durang qayd etildi. Chunki Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'ldan boy berdik. Hozirda jamoaning barcha futbolchilar tushkun holatda.
"Krasnodar" bu chempionatda qoniqarli natijaga erishdi. Pereyra va Odil Ahmedov mavsumni juda yaxshi o'tkazdi" - deydi Kononov.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia