Olamsport: Hammasi Denis Istomin haqida, siz bilgan va bilmagan ma'lumotlar

Aziz Tukhtamuradov
28 yanv 2017
Barakalla, Istomin... Hamyurtimiz, mamlakatimizning 1-raqamli tennischisi Denis Istomin Avstraliya ochiq chempionatida serbiyalik raketka ustasi Novak Jokovichni engib, katta shov-shuv ko'tardi.


Bu albatta, uncha-muncha mahorat sohibining qo'lidan kelavermaydigan ish. Shu bois Istomin haqida alohida maqola chop etishga qaror qildik.

Top-40ning sobiq a'zosi

O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin 30 yoshga to'lgan bo'lib, u professional faoliyatini 2004 yili boshlagan va 2012 yil yozida dunyo reytingida 33-o'ringacha ko'tarilgan. U asosan, hujumkor o'yin namoyish qilib, kutilmagan zarbalar berishi orqali tanilgan.

Istomin faoliyati davomida Chellenjerlarning yakkalik bahslarida 10ta sovrinni qo'lga kiritgan. ATR musobaqalarida esa Denisga omad bir marta kulib boqqan. Bu voqea 2015 yili yuz bergan bo'lib, o'shanda Istomin Nottingemdagi final uchrashuvida Sem Kuerrini mag'lub etgandi.

Hamyurtimiz hozirgi kunga qadar o'zining eng yaxshi o'yinlari sifatida Indian-Uells-2012da David Ferrerni mag'lub etgani-yu, Uimbldon-2010da Sten Vavrinkadan ustun kelganini takidlar edi. Adolat yuzasidan aytganda, shveytsariyalik tennischi u paytlari endi-endi tanilib kelayotgandi. Ispaniyalik Ferrer ustidan qozonilgan g'alaba esa chindan ham, maqtanishga arzirdi. Boz ustiga...


Tennischimiz haqidagi maqolaning to'liq qismini OLAMSPORT.COM saytida o'qishingiz mumkin.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com