Olamsport: Boks bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston to'rtta oltin medalni qo'lga kiritdi!

Narzulla Saydullayev
26 apr 2019, 15:49
Boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining erkaklar o'rtasidagi bahslari yakunlandi.

Hozirgina erkaklar o'rtasidagi eng so'nggi vazn toifasidagi final jangi yakunlandi. Ushbu jang O'zbekiston va Qozog'iston bokschilarining o'zaro hisob-kitobida ham muhim ahamiyat kasb etardi. Jalolov Kamshibekni mag'lub etish bilan birga O'zbekiston terma jamoasining umumjamoa hisobida yaqqol ustunlik bilan birinchi o'rinni egallashini taminladi.

O'nta vazn toifasidan 4 tasida oltin medalni qo'lga kiritgan jamoamiz medallar sifati bo'yicha Qozog'istondan o'zib ketdi. Charm qo'lqop ustalarimiz yana bittadan kumush va bronza medallariga ham ega chiqishdi. Sanjar Tursunov (-91 kg) kumush, Shukurjon Rahimov (-60 kg) bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Oltin medal egalari:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-69 kg: Bobo Usmon Baturov
+91 kg: Bahodir Jalolov

Kumush medal egasi:
-91 kg: Sanjar Tursunov

Bronza medal egasi:
-60 kg: Shukurjon Rahimov



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com