Okvara Godvin Chika: “Bugun gollarim bilan jamoamga g'alaba keltirganimdan xursandman”

Mirjalol Normatov
21 noya 2021
Superliganing 25-turidan o'rin olgan “Mashal” – “Qizilqum” (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Okvara Godvin Chika o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Godvin Chika ikki marotaba “Qizilqum” darvozasini ishg'ol qilgan holda jamoasiga qimmatli bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdi. 

“Bugun g'alaba qozonmasak bo'lmasdi. Chunki turnir jadvalidagi holatimizdan kelib chiqib, o'z maydonimizda g'alaba qozonishimiz lozim edi. Biz esa buni uddasidan chiqdik va muhim bo'lgan g'alabaga erishdik. O'yindan oldin bosh murabbiy menga ishonch bildirdi hamda meni maydonga tushirdi. Men esa gollarim orqali murabbiyning ishonchini oqlaganimdan xursandman. 

Bugun ikkita gol urganimdan xursandman. Biroq men uchun gollar muhim emas. Asosiysi jamoamiz g'alaba qozonsa bo'ldi. Oxirgi o'yinlarda jarohat olganim tufayli jamoamga to'liq kuch bilan yordam bera olmayotgandim. 

“Mashal” bilan shartnomam muddati ikki yilga mo'jallangan. Biroq kelgusida bu jamoada qolish-qolmasligimni bilmayman. Barchasiga mavsum yakuniga etganidan so'ng aniqlik kiritiladi”, - deya so'zini yakunladi Okvara Godvin Chika.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia