OKMK xorvatiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Оқил Абдубарноев
30 iyul 2024
Yozgi transfer oynasi yakunlanishiga oz vaqt qolgan paytda OKMK xorvatiyalik futbolchi Mixael Klepachni o'z tarkibiga qo'shib oldi.

Mixael Klepach 1997 yil 19 sentyabr sanasida Xorvatiyaning Nashise shahrida tug'ilgan. OKMK va futbolchi o'rtasida yarim yillik, yani shu yil oxirigacha shartnoma imzolandi.

27 yoshli futbolchi o'ng va chap qanot yarim himoyasida va hujumchi ortida harakatlanadi. "Konchilar"ning navbatdagi yangi legioneri faoliyati davomida "Osiek", "Zeleznichar", "Varazdin", "Yverdon", "Rudesh", "NK Dugopole", "Alyuminiy" va "Mura" jamoalarida to'p tepgan. 

Uning so'nggi jamoasi Shveytsariya oliy ligasining "Yverdon" klubi edi. Futbolchi ushbu klublarda jami 184 marta maydonga tushib, raqib darvozalariga 33 bor yo'l topa olgan va 15 bor golli uzatmani amalga oshirgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ОКМК ФК матбуот хизмати