OKMK - Superliga-2024ning feyr-pley sovrini sohibi!

Tolibjon Qosimov
11 dek 2024
Bugun "Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida Superliganing eng yaxshilari taqdirlandi.

Bundan tashqari, PFL rahbariyati va OAV o'rtasida ochiq muloqot ham bo'lib o'tmoqda.

PFL ortda qolgan yilning feyr-pley sovrinini OKMK klubiga topshirdi.

- Olingan sariq va qizil kartochkalar soni ko'p bo'lmagan;

- Hakam bilan tortishish, simulyaciya va vaqt cho'zish yuzasidan ogohlantirishlar olmagan;

- Tartib-intizom qo'mitasi va Liga tomonidan belgilangan jarimalar kamroq qo'llanilgan;

- Infratuzilma borasida qilingan o'zgarishlar;

- Liga va futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalar shartlariga rioya qilgan;

- Futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish va licenziyalash talablarini bajarishda faollik ko'rsatgan.

Feyr-pley sovrini topshirishda yuqoridagi kriteriyalarga e'tibor qaratilgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia