OKMK hujumchisi ikkinchi davrani vodiyda davom ettirishga yaqin

Khoja
30 iyul 2025
OKMKning legioner hujumchisi Kleydi Daci ikkinchi davrani vodiy jamoasida o'tkazishi mumkin.

Narzulla Saydullaevning ma'lum qilishicha, hujumchi "Qo'qon-1912" jamoasida ijara asosida harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, hujumchi o'tgan yilning yozida OKMKga kelib qo'shilgandi. Uning "konchilar" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning qishida yakunlanadi.

Hujumchi joriy mavsum 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia