

"Championat.asia" sayti ijodkorlari 3-turning eng yaxshilari va ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi. Demak, birin-ketin eng yaxshilarni e'lon qilishda davom etamiz.
Saytimiz ijodkorlari tomonidan Yaponiya terma jamoasi hujumchisi Ayase Ueda uchinchi turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "Feyenoord"ning 25 yoshli futbolchisi Indoneziya bilan bahsda dublga erishdi, bundan tashqari aynan uning zarbasidan keyin raqib futbolchisi to'pni o'z darvozasiga to'g'rilab qo'ydi. Yaponiyaning uchala golida ishtirok etgan Ueda turning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

Osiyo Kubogi-2023 guruhlardagi holat >>>>> OK-2023



