"Oil Star" bosh murabbiyi Fuzuli Xayrullaev: "Keyingi mavsumda ham hozirgi tarkibimizni saqlab qolgan holda maqsadimizni o'zgartirmaymiz"

Iskandarov Abdulaziz
25 yanv 2025
Buxoroning "Oil Star" jamoasi futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatini ikkinchi o'rinda yakunladi.

Kumush medallarini qabul qilib olgan jamoa ustozi Fuzuli Xayrullaev ortda qolgan mavsum haqida fikrlarini bildirdi. 

"2024-2025 mavsum bir davradan iborat bo'ldi. Endi kubok musobaqalariga e'tibor qaratamiz va yanada kuchli bo'lib qaytamiz. Oxirgi o'yinlarda ko'proq yoshlarga imkon berdik, ularga tajriba kerak edi. Shu bois kutilmagan natijalar qayd etilgan bo'lishi mumkin. 

Keyingi mavsumda ham qo'l ostimizdagi tarkibni saqlab qolgan holda maqsadimizni o'zgartirmaymiz",- deydi Fuzuli Xayrullaev.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia