Ohunjon Sayfiddinov: "Zomin"dan revansh oldik"

Narzulla Saydullayev
9 iyun 2018
PRO-Liga 13-turidan o'rin olgan "G'ijduvon - Zomin" (5:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar himoyachisi Ohunjon Sayfiddinov "championat.asia" saytiga intervyu berdi.

- Uchrashuv haqida qanday fikrdasiz?
- "Zomin"kuchli jamoa. Uchrashuvda biz o'z maydonimizda,  muxlislarimiz qarshisida to'p surishimiz bizga  ustunlik taqdim etdi. Ochig'i maydonga tushishimdan oldin gol uraman deb o'ylamagandim. O'z muxlislaring qarshisida gol urish o'zgacha bir taassurot bag'ishlaydi. Biz oldingi o'yin uchun o'z maydonimizda "Zomin" jamoasidan revansh oldik. Keyingi o'yinlarda ham men ishonaman, jamoadoshlarim o'zlarini qanday ajoyib  jamoada to'p surayotganliklarini isbotlashda davom etishadi. Men shunday yigitlar bilan bir jamoada o'ynayotganimdan xursandman. Mavsum yakunida bizning jamoa Pro-Ligada yuqori o'rinlarda turishiga ishonaman, - deydi Sayfiddinov.

Keldiyorov Diyorbek yozib oldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar