OFKda saylov yakunlandi. Kimlar lavozimga ega bo'ldi?

Narzulla Saydullayev
6 apr 2019
Bugun 6 aprel kuni, Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda OFKning 29-kongressi bo'lib o'tdi.

Kun tartibidan OFK prezidentligi va boshqa nufuzli lavozimlar uchun saylov o'rin oldi.

OFKning amaldagi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa yana to'rt yil muddatga saylandi. Chunki uning har ikki raqobatchisi Muhammad Al Romaiti (BAA) va Saud Al Mohannadi (Qatar) saylovdan o'z nomzodlarini qaytarib olishgan.

Bugun shuningdek, OFK yangi Ijroqo'm a'zolari nomi ham ma'lum bo'ldi. Ijroqo'm a'zolari to'rt yil muddatga saylandi va bu 2019-2023 yillarni o'z ichiga oladi. Quyida saylov natijalari bilan tanishing:



FIFA Kengashi a'zosi uchun saylanganlar:

Saud Aziz Al Mohannadi (Qatar)
Mariano Arenata (Filippin)
Du Jaosai (Xitoy)
Praful Patel (Hindiston)
Kozo Tashima (Yaponiya)
Mahfuza Kiron (Bangladesh)


OFK vice-prezidentligiga saylanganlar:

G'ARB mintaqasidan
Saud Aziz Al Mohannadi (Qatar)

MARKAZIY mintaqadan

Mehdi Taj (Eron)

JANUB mintaqasidan
Maxdum Faysal Saleh Hayat (Pokiston)

ASEAN mintaqasidan

Zav Zav (Myanma)

SHARQ mintaqasidan

Ganbaatar Amgalanbaatar (Mo'g'uliston)


OFK Ijroqo'm a'zosi uchun saylanganlar (ayollar):

G'ARB mintaqasidan

Susan Al Shalabi (Falastin)

JANUB mintaqasidan
Mahfuza Kiron (Bangladesh)

ASEAN mintaqasidan
Kanya Koemani (Laos)

SHARQ mintaqasidan
Xan Un Gyong (KXDR)



OFK Ijroqo'm a'zoligiga saylanganlar (erkaklar):

G'ARB mintaqasidan

Masud Ahmad (Iroq)
Hamid Al Shaybani (Yaman)
Shayx Salim Al VAhaybi (Ummon)
Hashim Haydar (Livan)

MARKAZIY mintaqadan
Sayid Ali Rizo Agxazada (Afg'oniston)

JANUB mintaqasidan
Ugen Tsechup (Butan)

ASEAN mintaqasidan
Dato Haji Hamiddin bin Haji Mohd (Malayziya)
Kris Nikou (Avstraliya)
Tran Kuok Tuan (Vetnam)

SHARQ mintaqasidan
Fok Kai Shan Erik (Gonkong)



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia