

OFK va O'FF mutaxassislari shu kuni Samarqanddagi stadionlar bilan tanishib, Dinamo klubi rahbariyati, matbuot xizmati, marketing bo'limi vakili bilan davra suhbati o'tkazdi. Mutaxassislar hozirgi holat bilan tanishib, marketing ishlarini rivojlantirish uchun o'z maslahatlarini berishdi va bu borada amaliy yordam berishlarini ma'lum qilishdi.
Mutaxassislar Dinamo - Olmaliq uchrashuvini ham kuzatib, o'yingoh bilan to'liq tanishib chiqishdi, o'yin oldi va o'yindan keyingi tadbirlar qanday o'tishiga ham guvoh bo'lishdi.




