OFK reytingi. O'zbekiston klublari orasida "Bunyodkor" birinchi

Narzulla Saydullayev
5 dek 2015
OFK klublarning oxirgi 4 yillik reytingini e'lon qildi.

2012 va 2015 yillar davomida Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogida ishtirok orqali ochko olgan klublarning reytingi tashkil etildi. Unda Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubi peshqadam bo'lib turibdi. Ushbu klub 2013 va 2015 yillarda OCHL g'olibi bo'ldi.

O'zbekiston klublari orasida "Bunyodkor" klubi birinchi o'rinda. "Qaldirg'ochlar" umumiy reytingda 12-pog'onadan joy olishgan. "Paxtakor" 34-o'rinda, "Nasaf" 53, "Lokomotiv" 73, "Neftchi" 81-o'rinda qayd etilgan.

OFK klub reytingi (2012-2015 yillar)
1. "Guanchjou Evergrand" (Xitoy) - 129,359
2. "Al Hilol" (S.Arabistoni) - 116,000
3. "Al Ahli" (S.Arabistoni) - 91,000
4. "Seul" (J.Koreya) - 89,382
5. "Kashiva Reysol" (Yaponiya) - 80,434
6. "Lahviya" (Qatar) - 78,755
7. "Chonbuk Motors" (J.Koreya) - 77,382
8. "Al Ayn" (BAA) - 73,901
9. "Istiqlol" (Eron) - 73,131
10. "Al Shabab" (S.Arabistoni) - 71,000...
...12. "Bunyodkor" (O'zbekiston) - 69,516
...34. "Paxtakor" (O'zbekiston) - 35,516
...53. "Nasaf" (O'zbekiston) - 23,016
...73. "Lokomotiv" (O'zbekiston) - 16,516
...81. "Neftchi" (O'zbekiston) - 13,683


To'liq reyting bilan mana bu havolada tanishish mumkin. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia