

OFKning Professional futbol boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan seminarda klublarni licenziyalash jarayonidagi yangiliklar va o'zgarishlar xususida batafsil ma'lumot berildi. OFK mutaxassislari bilan bir qatorda UEFA vakillari ham Yevropadagi licenziyalash jarayoni haqida, FIFA mutaxassislari esa tashkilotning professional futbolni rivojlantirish bo'yicha loyihalari xususida taqdimot o'tkazdi. Shuningdek, seminarda OFK bayrog'i ostidagi musobaqalarda ishtirok etish shartlari va ortda qolgan mavsum bo'yicha Osiyo futboli sarhisobi haqida so'z bordi.



3 kunlik seminarda OFKga a'zo mamlakatlar vakillari qatorida O'zbekiston nomidan O'zPFL Klublarni licenziyalash va xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Zoxirjon Akramxonov hamda ushbu bo'lim yetakchi mutaxassisi Jalolxon Inog'omxo'jaev ishtirok etdi.
Qolaversa, qita va jahon futboli ekspertlari, shuningdek OFK Professional futbol qo'mitasi raisi Park Ji Sung va mazkur qo'mita a'zosi Diyor Imomxo'jaev ham seminarga taklif etildi.



