OFK kubogi-2021. "Oloy" bosh murabbiyi: "Birinchi taymda "Nasaf"ga qarshi yaxshi o'ynadik"

Narzulla Saydullayev
14 may 2021, 19:53
OFK kubogining 1-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Oloy" (4:0) uchrashuvidan keyin "Oloy" bosh murabbiyi No'monjon Yusupov matbuot anjumanida qatnashdi.

"O'yindan oldin bugungi raqibimiz kuchli ekanligini takidlagandim, birinchi taymda o'yinimiz yaxshi chiqayotgandi, ammo ikkinchi taymda himoyadagi o'zimiz qilgan xatolardan keyin ikkita gol o'tkazdik. Takrorlayman "Nasaf" kuchli jamoa.

Tarkibimizda ko'p futbolchilar yosh va bunday darajadagi xalqaro musobaqada birinchi bor o'ynashdi. To'pni o'zimizda saqlab turishga urindik, harakat qildik, ammo hisob yirik bo'lgandi. Mana shunday o'yinlar orqali tajriba to'planadi. So'nggi yillarda "Oloy" OFK kubogida ishtirok etib kelayotgandi, ammo bu yilgi tarkibimiz yangilandi va butkul yangi jamoaga aylandi. Mana shu mayda detallar hisob yiriklashib ketishiga sabab bo'ldi.

Birinchi taymda futbolchilarim barcha ko'rsatmalarni bajarishga urinishdi. Ishtiyoq va harakat evaziga yaxshi o'ynadik. Ammo bunday o'yinlarda tajriba to'planadi. Birinchi taymda "Nasaf" hujumlar qildi, gol urishga urindi, biz himoyada yaxshi harakat qildik. Golga sabab bo'lgan ikkita xatodan keyin yigitlar o'zlariga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'yishdi va natija shunday bo'ldi", - deydi No'monjon Yusupov.


Tolibjon Qosimov

Dushanbe, Tojikiston



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia