OFK Kubogi-2021. "Nasaf" va "Xo'jand" bugun qaysi liboslarda o'ynashi ma'lum

Tolibjon Qosimov
17 may 2021
Ayni paytda Tojikiston poytaxti Dushanbeda OFK Kubogi-2021 "F" guruhi uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Bugun 2-tur bellashuvlari o'tkaziladi. Qarshining "Nasaf" jamoasi mezbon mamlakat sharafini himoya qilayotgan "Xo'jand"ga qarshi bahs olib boradi.

Bugungi o'yinni tomonlar qanday rangdagi liboslarda o'tkazishlari ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, bugun rasmiy mezbon hisoblangan "Xo'jand" to'liq qizil (forma, short, gedra), darvozaboni esa to'liq yashil rangli formada bo'ladi.


"Nasaf" o'yinchilari esa to'liq to'q ko'k (xuddi 1-turdagi kabi) rangli libosda, "ajdarlar" kiperi esa to'liq sariq rangli formada maydonga tushadi.


Eslatib o'tamiz, "Xo'jand" - "Nasaf" bahsi bugun soat 21:05da start oladi. O'yin Dushanbedagi "Respublika markaziy stadioni"da bo'lib o'tadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia