OFK Kubogi-2021. "Nasaf" "Oloy"ga qarshi o'yin oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi GALEREYA

Tolibjon Qosimov
13 may 2021, 19:49
Ertaga, 14 may kuni OFK Kubogi-2021 Markaziy Osiyo mintaqasi guruh bahslari start oladi.

Ertangi o'yinlar oldidan bugun rasmiy tadbirlar bo'lib o'tdi. Avvalroq matbuot anjumanlarini e'tiboringizga havola etgan edik.

OFK Kubogi-2021. "Hozir jamoalarni kuchli yoki kuchsizga ajrtadigan vaqt emas". Ro'ziqul Berdiev ishtirokidagi matbuot anjumani + GALEREYA

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" mashg'uloti soat 17:00dan 18:20ga qadar o'yin o'tkaziladigan "Respublika markaziy stadioni"da bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra, uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tdi. "Ajdarlar" mashg'ulotida Dushanbega kelgan o'yinchilarning barchasi to'liq ishtirok etdi. "Nasaf" mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOAGELEREYA

Tolibjon Qosimov

Dushanbe, Tojikiston


"Nasaf" mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOAGELEREYA


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia