OFK Kubogi-2021. "Nasaf" - "Oloy". Jamoalar stadionga yetib kelishdi GALEREYA

Tolibjon Qosimov
14 may 2021
Bugun OFK Kubogi-2021 Markaziy Osiyo mintaqasida guruh o'yinlari start oladi.

"F" guruhidagi bellashuvlarni "Nasaf" - "Oloy" bahsi boshlab beradi. Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari allaqachon e'lon qilingan.

OFK Kubogi. "Nasaf"ning asosiy tarkibi ma'lum!

Jamoalar "Respublika markaziy stadioni"ga o'yindan bir yarim soat oldin yetib kelishdi. Avval "Oloy", keyin esa "Nasaf" stadionga kirib keldi. Quyida tomonlarning stadionga kelishidan suratlarni e'tiboringizga havola etamiz. Bevosita avtobus yaqiniga borish biz uchun mumkin emas, uzoqroqdan turib kadr ushlashga harakat qildik.

Foto: Tolibjon Qosimov, Dushanbe



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia