OFK Hakamlar qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
11 noya 2021
10 noyabr kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh kotibi Dato Jon Vinsdor boshchiligida qitamizdagi futbol hakamligi masalalariga bag'ishlangan Hakamlar qo'mitasi yig'ilishi video-konferenciya shaklida o'tkazildi.

Unda OFK Hakamlar qo'mitasi raisi Du Ksienk, rais o'rinbosari Hani Ballan, departament rahbari Shamsul Maydin, shuningdek, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etdi.

Unda OFK hakamlar akademiyasining faoliyati samaradorligini oshirish, VAR ishini takomillashtirish, selekciya masalalari haqida suhbatlashildi. Shuningdek, yosh hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish, ayol hakamlarga e'tiborni kuchaytirish bo'yicha o'zaro fikr almashildi.

Bundan tashqari, qita doirasida nufuzli turnirlarda hakamlikni yuqori darajaga olib chiqish bo'yicha takliflar ilgari surildi. Yuqori tajribaga ega, etuk mutaxassislar ishtirokida hakamlar bilan domiy seminarlar o'tkazish taklifi maqullandi va keyingi yilgi rejalar muhokama qilindi.
 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz