

Ushbu majlisda akkreditatsiya tizimini rivojlantirish, OFK mamlakatlari musobaqalar tizimini yaxshilash va OFK mamlakatlari musobaqalari uchun yagona akkreditatsiya tizimi joriy etish kabi masalalar ko'riladi. Takidlash lozim, ushbu majlisda O'zPFL matbuot xizmati vakili Sherzod Rajabov ishtirok etdi va majlis ishtirokchilariga futbol bo'yicha O'zbekiston Chempionati bahslarida bu tizim qanday ishlayotgani va akkreditatsiyalash masalasi bo'yicha yangi loyiha va islohotlar borasida ma'lumot berdi. O'zbekiston vakili, shuningdek, OFK bilan akkreditatsiya masalalarida O'zbekiston Futbol Associaciyasi hamda O'zbekiston Professional Futbol Ligasi hamkorlik qilishga tayyor ekanini aytdi.
O'z navbatida, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ham yangi formatdagi O'zbekiston Superligasi hamda Kubogi musobaqalarini tarifladi va ushbu musobaqalardagi akkre ditaciyalash tizimiga yuqori baho berdi. Qolaversa, OFK mutasaddilari bunday seminar hamda kurslarni odatiy tarzda o'tkazish va bunday seminarlarni albatta kelgusida O'zbekistonda ham o'tkazish borasida o'z taklifini aytdi.




