OFK 2016 yilning eng yaxshilarini taqdirladi yoxud Umar Abdulrahmon qitada tengsiz

Narzulla Saydullayev
1 dek 2016
Bugun, 1 dekabr kuni Abu-Dabi shahrida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi yilning eng yaxshilarini taqdirladi.

YANGILASH

Ushbu sahifa orqali barcha sovrindorlarni taqdim etib boramiz.

20:45. Tadbirni BAA Futbol Assotsiatsiyasi rahbari Marvan Ahmad bin Galita ochib berdi. 

20:50. Undan keyin OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa nutq so'zladi. Prezident BAA mamlakatiga tadbir o'tkazishdagi tashkilotchilik uchun minnatdorchilik bildirdi. Shu bilan birga Braziliyaning "Shapekoense" klubi bilan sodir bo'lgan voqeadan chuqur qayg'uda ekanini ma'lum qildi.

20:55. Dastlabki sovrin sohibi aniq: Afrika Konfederatsiyasi Prezidenti Issa Xayatuga "Osiyo Olmosi" topshirildi.

21:10. OFK Osiyo Orzusi sovrini Qatar Futbol Assotsiatsiyasiga topshirildi. Qolgan ikki davogar: Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasi va Janubiy Koreya Futbol Assotsiatsiyasi

21:13. Eng yaxshi federatsiya (Rivojlangan) - Yaponiya Futbol Federatsiyasi. Qolgan ikki davogar Janubiy Koreya Futbol Federatsiyasi va BAA Futbol Assotsiatsiyasi

21:14. Eng yaxshi federatsiya (Rivojlanayotgan) - Hindiston FF. Qolgan davogarlar - Malayziya FA va Vetnam FF

21:15. Eng yaxshi federatsiya (Rivojlanishga intilayotgan) - Butan FF. Qolgan ikki davogar - Kambodja FF va Shri Lanka FF




21:22. Ommaviy futbolchini rivojlantirish bo'yicha sovrin (Rivojlanishga intilayotgan) - Bruney. Qolgan ikki davogar - Shri Lanka va Makao

21:23. Ommaviy futbolchini rivojlantirish bo'yicha sovrin (Rivojlanayotgan) - Filippin. Qolgan ikki davogar - Gongkong va Vetnam

21:25. Ommaviy futbolchini rivojlantirish bo'yicha sovrin (Rivojlangan) - Avstraliya. Qolgan ikki davogar - Yaponiya va Qatar


21:28. Yilning eng yaxshi murabbiyi (Ayollar) - Chan Yuen Ting (Gongkong). Qolgan nomzodlar: Miyo Okamoto (Yaponiya) va Ri Un Suk (KXDR)



21:30 - Yilning eng yaxshi murabbiyi (Erkaklar) - Choi Kang Xi ("Chonbuk Motors", Janubiy Koreya). Qolgan davogarlar - Makoto Teguramori (Yaponiya) va Atsushi Uchiyama (Yaponiya)


21:37. Boshqa qitada o'ynaydigan eng yaxshi osiyolik futbolchi - Shinji Okazaki ("Lester", yaponiyalik). Qolgan ikki nomzod - Shinji Kagava ("Borussiya D", yaponiyalik) va Son Xen Min ("Tottenxem", janubiy koreyalik)


21:44. Yilning eng yaxshi futbolchisi (Ayollar) - Kaytlin Ford (Avstraliya). Qolgan davogarlar Liza De Vanna (Avstraliya) va Tan Ruyin (Xitoy)

21:50. Yilning eng yaxshi futbolchisi (Erkaklar) - Umar Abdulrahmon (BAA). Qolgan ikki nomzod - Hammadi Ahmad (Iroq) va U Ley (Xitoy)

Yilning eng yaxshi futzalchisi - Asqar Hassanzoda (Eron). Qolgan ikki nomzod: Ahmad Ismoilpur (Eron) va Farhod Tavakoli (Eron)

Eng yaxshi yosh futbolchi (Erkaklar) - Ricu Doan (Yaponiya). Qolgan davogarlar - Muhammad Dovud (Iroq) va Rakan Al Anaze (Saudiya Arabistoni)

Eng yaxshi yosh futbolchi (Ayollar) - Fuka Nagano (Yaponiya). Qolgan ikki nomzod: Sung Xyang Sim (KXDR) va Xana Takaxashi (Yaponiya)




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia