

Jumladan, O'zbekiston Coca-Cola Superligasining 2-turi doirasidagi Paxtakor – Neftchi uchrashuvning 21-daqiqasida mezbonlar futbolchsi Abrorbek Ismoilov to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyog'ining himoyalanmagan qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, unga nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
Qo'mita ushbu o'yinga oid yana bir vaziyatni o'rganib chiqdi. Neftchi jamoasining muxlislari uchrashuvning 21-daqiqasidan hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatishgan hamda u tomonga har-xil buyumlar uloqtirishgan. Shuningdek, Neftchi muxlislari o'z jamoasining 13-raqamli o'yinchisi Lutfulla To'raev shaniga haqoratli so'zlar ishlatishgan.
2022 yilgi mavsumda O'zbekiston professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamentiga muvofiq futbol klublari o'zlarining tomoshabinlari (jamoa muxlislari) xulqi uchun ham javobgardir.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Neftchi futbol klubi kelgusida shunga o'xshash holatlar takrorlanishiga yo'l qo'yilsa, klubga nisbatan jiddiy intizom choralar qo'llanilishi to'g'risida qatiy ogohlantiriladi.
Superliganing ushbu turidan o'rin olgan yana bir uchrashuv - Qizilqum va Bunyodkor o'yinida mehmonlar bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov uchrashuvda mobil aloqa vositasidan foydalangan. Bu bilan u 2022 yilgi mavsum Reglamentining 15.17-bandini buzgan. Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Shuhrat Maqsudov 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
O'zbekiston Coca-Cola Superligasining 3-turi doirasidagi Olimpik – Paxtakor uchrashuvida Paxtakor jamoasining futbolchisi Ikromjon Aliboev o'yinning 12-daqiqasida to'p uchun kurashda oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyog'ining himoyalanmagan qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, unga nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.
U-21 Birinchiligining 3-turi doirasidagi Metallurg – Surxon uchrashuvining 90+4-daqiqasida hakam tomonidan qoidabuzarlik sabab o'yin to'xtatiladi. Ushbu vaziyatda mezbon futbolchisi Muhriddin Soloxiddinov yotgan holatida raqib o'yinchisining bel qismiga zarba beradi, bunga javoban Surxon jamoasining futbolchisi Kamoliddin Ashurov erda yotgan raqibini oyog'ini bosadi. Bu vaziyatni ko'rgan zaxiradagi Metallurg jamoasining futbolchisi Xumoyunshox Sayyotov maydonga chiqib, raqib o'yinchisining bo'yniga zarba beradi. Hakam uch futbolchini ham qizil kartochka bilan maydondan chetlashtirgan. Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, ushbu uch futbolchi - Muhriddin Soloxiddinov, Xumoyunshox Sayyotov (Metallurg) va Kamoliddin Ashurov (Surxon) 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi hamda ularga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.
O'zbekiston Coca-Cola kubogi saralash uchrashuvlari doirasidagi Andijon II – Do'stlik bahsining 9-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Orzu Razzoqov raqib o'yinchisining yuziga urgani hamda tajovuzkor xatti-harakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Unga nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.
Yana bir uchrashuv - Keles va Aral bahsining 15-daqiqasida Aral jamoasining futbolchisi Shamsitdin Sag'dullaev raqib o'yinchisi shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, unga nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.



