O'FA murabbiylar kengashi yig'ilishida MTJning JCH saralashi va U-17 termasining mundialga tayyorgarligi muhokama etildi

Sherzod Nurmatov
20 may 2025, 16:16
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi murabbiylar kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati saralash bosqichidagi navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarligi, U-17 terma jamoasining Osiyo Kubogidagi ishtiroki va Jahon chempionatiga tayyorgarlik rejasi muhokama qilindi.

Yig'ilishda murabbiylar kengashi tomonidan terma jamoa futbolchilarini selekciya qilish, jismoniy, texnik va taktik ko'rsatkichlar bo'yicha tavsiyalar berilib, jamoalarimiz uchun zarur sharoitlar yaratilishi takidlandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати