O'FA 5 ming, "Nasaf" 50 ming dollardan oshiq jarimaga tortildi

Alisher
20 yanv 2024
Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z telegram sahifasida ma'lum qildi.

"OFK intizom qo'mitasi O'zbekiston futbol associaciyasi va "Nasaf" klubiga qarshi uchta qaror qabul qildi. Unga ko'ra, O'FA 5 ming, "Nasaf" esa 50 375 dollar jarimaga tortildi.

O'FA o'sha Osiyo kubogi doirasidagi Suriyaga qarshi o'yinga tur firmalar reklamasi aks etgan futbolkalarda kelgan muxlislar uchun jazolandi. "Nasaf" esa "Al Sadd"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinida muxlislar tosh otishgani va u hakam yordamchisiga tekkani, "Sharja"ga qarshi bahsda esa raqib o'yinchisi ko'ziga lazer tutgani uchun jazolandi.

Qayd etish kerakki, O'FA noyabrda Afg'onistonga qarshi 23 yoshlilar o'rtasidagi Osiyo kubogi saralash o'yinida bir yo'la uch nafar muxlis maydonga yugurib chiqqani uchun 15 000 dollar jarimaga tortilgandi", - deb yozadi mutaxassis.



AlisherMuallif
Manba: championat.asia