"Odil Junior" - "BFK Asia" uchrashuviga ispaniyalik mutaxassis tashrif buyuradi

Narzulla Saydullayev
29 apr 2017, 11:57
Bugun To'raqo'rg'onda faoliyatini boshlagan "Odil Junior" futbol maktabida ajoyib futbol uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Odil Junior" jamoasi Andijoning "BFK Asia" jamoasi bilan kuch sinashadi. Yosh bolakaylar o'rtasida kechadigan mazkur uchrashuvga ispaniyalik Kiko Zuniga tashrif buyuradi. Bahs soat 14:00da "Odil Junior" futbol maktabi maydonida boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik sobiq futbolchi Kiko Zuniga "JFL Tashkent" klubidagi faoliyati doirasida o'tgan hafta Toshkentda, Samarqandda va Boysunda yosh futbolchilarga master klass o'tkazib berdi. Bugun esa u Namanganda mehmon bo'lmoqda.

Ispaniya Kubogi sohibi "JFL Tashkent"da ish boshladi

Kiko Zuniga Samarqandga tashrif buyurdi

Kiko Zuniganing Samarqandga tashrifidan FOTOGALEREYA

Kiko Zuniga boysunlik istedod egasini "Barselona" akademiyasiga tavsiya qiladi

Kiko Zuniganing Boysundagi uch kuni... FOTOGALEREYA


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia