Odil Hamrobekov: "Stadionga kelgan muxlislar ajoyib muhit yaratishdi"

Alisher
12 iyun 2019
O'zbekiston va Suriya o'rtasida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz yarim himoyachisi Odil Hamrobekov saytimizga qisqa intervyu berdi.

- Odil, o'yin qanday o'tdi?

- Rasmiy o'yinlar boshlanishidan oldingi oxirgi o'rtoqlik uchrashuvimiz edi. O'ylaymanki, bu o'yinni yaxshi o'tkazdik va g'alaba qozondik. Stadionga kelgan muxlislar ham ajoyib muhit yaratishdi. O'yin haqidagi fikrlarga keladigan bo'lsak, o'yindan o'yinga murabbiyning topshiriqlarini yaxshi bajarishga harakat qilyapmiz. Endi buyog'iga rasmiy o'yinlar qoldi. Bu o'yinlarda ham yaxshi harakat qilmoqchimiz, chunki bizni kelgusida jiddiy o'yinlar kutmoqda.

- Sir emaski, maydonda chim tufayli ikkala jamoa ham qiynaldi. Nima deb o'ylaysiz, o'yin o'tkazmay turish kerakmidi?

- Maydonni sinab ko'rish kerak edi. O'yinlarni o'tkazib ham to'g'ri qilishdi. Rasmiy o'yingacha maydonning kamchiliklari hamda sifati ko'rib olindi. O'ylaymizki, rasmiy o'yinlargacha bu muammolar bartaraf etiladi.


Alisher Ostonov yozib oldi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia