Odil Hamrobekov: "Bu bilan to'xtab qolishni istamaymiz"

Mirjalol Normatov
6 iyun 2025
O'zbekiston termasi yarim himoyachisi Odil Hamrobekov BAAga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Prezidentimizning g'alaba bilan tabriklagani bizga katta quvonch berdi. Ertangi Hayit bayrami oldidan xalqimizga katta quvonch berganimizdan mamnun bo'ldik. Bu bilan to'xtab qolishni istamaymiz. Qatarga qarshi o'yinda chiroyli g'alabaga erishib, jahon chempionatida yaxshi ishtirok etishga harakat qilamiz. Barchaga rahmat.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia