OCHL. "Shabab Al Ahli" keyingi bosqichga chiqdi, Azizjon G'aniev uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
27 apr 2022
Kecha Osiyo chempionlar ligasi 6-turidan o'rin olgan "Fulad" - "Shabab Al Ahli" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda 1:1 hisobi qayd etildi va Azizjon G'aniev to'p tepayotgan "Shabab Al Ahli" klubi 10 ochko bilan keyingi bosqichga chiqdi.

OFK mazkur bahsning eng yaxshi futbolchisi deb aynan Azizjon G'anievni tan oldi.

Ma'lumot uchun, "Shabab Al Ahli" 1/8 finalda "A" guruhi g'olibiga ("Al Hilol" yoki "Al Rayan") qarshi o'ynaydi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia