OCHL. Quvayt, Myanma va Indoneziya klublari keyingi bosqichda

Xayrulla Xoliqov
6 fev 2019
Kecha Osiyo chempionlar ligasining birinchi o'tish bosqichi uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Kun tartibidan uchta bellashuv o'rin olgandi. Iordaniyaning "Al Vihdat" klubi o'z maydonida Quvaytning "Quvayt SK" klubini qabul qildi. Maydon egalari bunda 2:0 hisobida oldinda borishayotgandi, biroq quvaytliklar "kambek" amalga oshirib 3:2 hisobida zafar quchishdi va keyingi bosqichga yo'l olishdi.

Keyingi ikkita o'yinda Myanmaning "Yangon Yunayted" klubi Filippin vakili "Seres Negros"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Indoneziyaning "Persiya Jakarta" klubi esa Singapurning "Xom Yunayted" jamoasidan 3:1 hisobida ustun kelib keyingi bosqichga yo'l oldi. Ikkinchi o'tish bosqichi uchrashuvlari 12 fevral kuni bo'lib o'tadi.

OCHL birinchi o'tish bosqichi. 5 fevral 

"Al Vihdat" (Iordaniya) - "Quvayt SK" (Quvayt) 2:3
"Seres Negros" (Filippin) - "Yangon Yunayted" (Myanma) 1:2
"Xoum Yunayted" (Singapur) - "Persiya Jakarta" (Indoneziya) 1:3 

OCHL ikkinchi o'tish bosqichi. 12 fevral 

G'arb mintaqasi
"Paxtakor" (O'zbekiston) - "Eyr Fors" (Iroq)
AGMK (O'zbekiston) - "Istiqlol" (Tojikiston)
"Saypa" (Eron) - "Minerva Punjab" (Hindiston)
"Zobahan" (Eron) - "Quvayt SK" (Quvayt)

Sharq mintaqasi
"Nyukasl Jets" (Avstraliya) - "Persiya Jakarta" (Indoneziya)
"Bangkok Yunayted" (Tailand) - "Xanoy FK" (Vetnam)
"Chiangray Yunayted" (Tailand) - "Yangon Yunayted" (Myanma)
"Perak" (Malayziya) - "Kitchi" (Gonkong)


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia