

Bu safar qur'a marosimi Kuala-Lumpurda joylashgan OFK shtab-kvartirasida har doimgidek dekabrda emas, balki noyabrda bo'lib o'tadi. 22 noyabr kuni keyingi yil uchun OCHL va OFK Kubogi bahslariga qur'a tashlanadi. Bunga asosiy sabab sifatida yanvarda Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi o'tkazilishi ko'rsatilgan.
Shunisi aniqki, Osiyo chempionlar ligasida bizdan uchta jamoa qatnashadi. Hozircha faqat O'zbekiston Kubogi-2018 sohibi AGMKning ishtirok etishi rasman aniq bo'lib ulgurgan. Yana ikkita jamoa Superliga bahslari yakuniga etganidan so'ng ma'lum bo'ladi. Katta ehtimol bilan bu jamoalar "Lokomotiv" va "Paxtakor" bo'ladi. Eslatib o'tamiz, faqat O'zbekiston chempioni bo'lgan jamoagina OCHL guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma oladi.



