OCHL qanday davom etadi, O'zbekistondagi Osiyo chempionati bo'ladimi?

Alisher
17 apr 2020
Mazkur savolga oydinlik kiritish maqsadida, OFKda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz, Avaz Berdiqulov bilan bog'landik.

Bizni qiziqtirgan asosiy savol, bu yurtimizda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'yinlaridir.

Ma'lum bo'lishicha, OFK yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlari borasida ko'ngli to'q. Kuz fasliga kelib pandemiyaning asoratlari qolmasligi umidida, taqvimga o'zgartirish kiritilmaydi. 

Katta masala OCHL atrofida yuzaga kelgan. Ayni paytda OFKning musobaqalar o'tkazish bo'limi pandemiyaning tugashiga qarab, 3 xil variantni ishlab qo'ygan. Yani, iyul, avgust va sentyabr oyida davom ettirishga to'g'ri keladigan bo'lsa, 3 xil ko'rinish mavjud.

Katta extimol bilan OCHL o'yinlari iyun oyigacha bo'lib o'tmaydi. Bu yerda kasallik kyetishidan tashqari, aviqatnovlarni ochilishi va milliy chempionatlarni boshlanishiga ham qaraladi. Chunki jamoalar mashg'ulotsiz OCHLda qatnashib keta olmaydi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia