

Kuni kecha OCHL guruh bosqichi yakunlandi va FIFA reytingi e'lon qilindi. Unga ko'ra koefficientlar reytingida ham o'zgarishlar yuzaga keldi. Alisher Nikimbaev o'zining feysbukdagi sahifasida yangi reytingni e'lon qildi:


Ko'rib turganingizdek, to'rtinchi o'rindagi Qatar bilan farq 2taga qisqardi, endi oradagi tafovut 16 ballni tashkil etmoqda. Agar yil oxirigacha "Lokomotiv" OCHLda uzoqroqqa borib, O'zbekiston milliy terma jamoasi rasmiy o'yinlarda ko'proq g'alaba qozonib O'zbekiston hisobiga qo'shimcha ballar keltirsa Qatardan o'tishimiz mumkin. Shundagina keyingi 3 yil uchun OFK o'zbek klublariga 2+2 ko'rinishida kvota ajratadi. Aks holda 2017-2020 yillarda O'zbekiston 1+2 kvotasi bilan o'ynaydi.



