OCHL. G'arbiy mintaqada qaysi davlatning nechta jamoalari pley-offga yo'llanma oldi?

Mirjalol Normatov
5 dek 2023, 23:14
Hozirgina OCHLning G'arbiy mintaqasida guruh bosqich uchrashuvlari yakunlandi.

Shu orqali pley-offga chiqqan barcha jamoalar nomi ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, Saudiya Arabistonining barcha jamoalari minimum vazifani uddaladi.

Saudiya Arabistoni - 4 ("Al Feyha", "Al Ittihod", "Al Hilol", "Al Nassr")

O'zbekiston - 2 ("Navbahor", "Nasaf")

BAA - 1 ("Al Ayn")

Eron - 1 ("Sepaxon").

OCHLning nimchorak final uchrashuvlari bahslari 12-14, 19-21 fevral kunlari o'tkaziladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia