OCHL. G'arb. Bugun start oladigan 4-tur taqvimi bilan tanishing

Eldor Akmurzayev
18 apr 2022
Osiyo chempionlar ligasi g'arb mintaqasida 4-tur uchrashuvlari 18-19 aprel sanalari bo'lib o'tadi.

“Paxtakor” bugun (22:15 bosh.) “Al Duxayl” (Qatar) bilan bahs olib boradi.

“Nasaf”ning “Al Faysali” (S.Arabistoni)ga qarshi o'yini esa Toshkent vaqti bilan 20 aprelga o'tar kechasi 01:15 da boshlanadi.

Shuningdek, Aziz G'aniev o'ynayotgan “Shabab Al Ahli” (BAA) bu turda “Al Garafa” bilan to'qnash (19 aprel, 01:15) keladi, Otabek Shukurov harakat qilayotgan “Sharja” (BAA) esa “Al Rayyan” (Qatar)ga qarshi bahs yuritadi.

Muhammad Isaev "Istiqlol" (Tojikiston) safida ertaga "Al Hilol" (S.Arabistoni) bilan o'ynashi kutilmoqda.

18 aprel

22:15, “Ahal” (Turkmaniston) – “Fulad” (Eron)

22:15, “Mumbay Siti” (Hindiston) – “Al Jazira” (BAA)

22:15, “Paxtakor” – “Al Duxayl” (Qatar)

19 aprel

01:15, “Shabab Al Ahli” (BAA) – “Al Garafa” (Qatar)

01:15, “Ash Shabob” (S.Arabistoni) – “Al Quva” (Iroq) [Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar ishlaydi]

01:15, “Sepaxon” (Eron) – “Al Taavon” (S.Arabistoni)

22:15, “Al Vihdat” (Iordaniya) – “Al Sadd” (Qatar)

22:15, “Al Rayyan” (Qatar) – “Sharja” (BAA)

20 aprel

01:15, “Al Faysali” (S.Arabistoni) – “Nasaf”

01:15, “Istiqol” (Tojikiston) – “Al Hilol” (S.Arabistoni)


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia