OCHL. Chorak finalga qur'a tashlandi

Sherzod Nurmatov
21 fev 2023
Hozirgina G'arb mintaqasi chorak final bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi o'tkazildi.

Unga ko'ra quyidagi juftliklar shakllandi:

"Al Duhayl" (Qatar) – "Al Shabab" (Saudiya Arabistoni)

"Fulad" (Eron) – "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)

"Nasaf"ni 2:0 hisobida mag'lub etgan "Al Shabab"ga "Al Duhayl" raqiblik qiladigan bo'ldi.

Chorak final bahslari payshanba, yarim finallar esa yakshanba kuni bo'lib o'tadi.

OCHL finali ikki bahsdan iborat bo'ladi. Hal qiluvchi bellashuvlar 29 aprel va 6 may sanalariga belgilangan. Yaponiyaning "Urava Red Daymonds" klubi o'tgan yilning avgustida final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi va hozirda o'z raqibi qaysi klub bo'lishini kutib turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia