OCHL. "Al Vakra" - "Navbahor" uchrashuvini yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi

Omonjon To`xtamirzayev
21 avg 2023
Xabaringiz bor, Namanganning "Navbahor" klubi OCHL guruh bosqich yo'llanmasi uchun safarda "Al Vakra"ga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuvni yaponiyalik Xiroyuki Kimura boshchiligidagi yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Kota Vatanabe va Takumi Takagi yordam beradi. 

Eslatib o'tamiz, uchrashuv ertaga 22 avgust O'zbekiston vaqti bilan 20:30da start oladi. 


"Al Vakra" (Al-Vakra, Qatar) - "Navbahor" (Namangan, O'zbekiston)
Osiyo Chempionlar Ligasi. Saralash bosqichi
22.08.2023 (seshanba)

“Al-janub” stadioni. Al-Vakra
20:30 (O'zbekiston vaqti bilan)
Hakamlar
: Xiroyuki Kimura, Kota Vatanabe, Takumi Takagi, Yudai Yamamoto.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia