OCHL-2022/2023. Qur'adan oldin savatchalarni eslatib o'tamiz

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2022
Bugun OFK 2022/2023 yil mavsum Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi uchun qur'a tashlash marosimini o'tkazadi.

O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi uchinchi savatchadan joy oldi. Yani "sherlar" guruh bosqichida "Al Vihdat" (Iordaniya), "Mumbay Siti" (Hindiston), "Istiqlol" (Tojikiston) va "Ahal" (Turkmaniston) klublari bilan to'qnash kelmaydi.

Agar "Nasaf" pley-offda "Baniyas"ni (BAA) mag'lub etsa 4-savatchadan joy oladi.

Eslatib o'tamiz, OCHL guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bugun, 17 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00da boshlanadi.


 

Qur'ani quyidagi havolalar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:

Osiyo chempionlar ligasi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia