OCHL-2021. Bugun AGMK "Al Hilol" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
27 apr 2021
Bugun Olmaliqning AGMK jamoasi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi 5-tur uchrashuvini o'tkazadi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa "Al Hilol" bilan o'ynaydi. Uchrashuv soat 23:55 da boshlanadi va "UzReport" telekanali orqali jonli efirda translyatsiya qilinadi. Ayni paytda AGMK hisobida 4 ochko mavjud, "Al Hilol" hisobida esa 7 ochko bor. 


OCHL, guruh bosqichi.

"A" guruhi, 5-tur.

27 aprel, seshanba.

AGMK - "Al Hilol" (23:55)

Ar-Riyod, "Shahzoda Faysal bin Fahd" stadioni.

Bosh hakam: Dilan Pereayr (Shri Lanka).

 



 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia