OCHL-2020. Sharqiy mintaqa bahslari ham Qatarda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
9 okt 2020, 10:35
OFK va Qatar futbol Assotsiatsiyasi Osiyo chempionlar ligasining Sharqiy mintaqa bahslarini Doha shahrida o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Sharqiy mintaqaning guruh bosqichidan yarim finalga qadar bahslar 18 noyabrdan 13 dekabrga qadar bo'lib o'tadi. Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar berdi. OCHL finali 19 dekabrga belgilangan. G'arb mintaqasidan finalga Eronning "Persepolis" klubi chiqqan.

Final qaysi shaharda o'tishi keyinroq ma'lum qilinadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia