OCHL-2020. Bugun "Paxtakor"ning chorak finaldagi raqibi ma'lum bo'ladi

Narzulla Saydullayev
28 sen 2020
Bugun Osiyo chempionlar ligasi G'arb mintaqasida chorak finalga qur'a tashlanadi.

"Paxtakor"ning 1/4 finaldagi raqibi "Persepolis", "Al Nassr" va "Al Ahli"dan biri bo'ladi. Qur'a jarayoni Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. 

Ikkala chorak final o'yinlari 30 sentyabr kuni "Jassim bin Hamad" stadionida bo'lib o'tadi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia