OCHL-2019. AGMK raqibi Istiqlol Turkiyadagi ilk uchrashuvda yutqazdi

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2019
29 yanvar kuni Tojikiston chempioni Istiqlol klubi Antaliyadagi yig'in doirasida ilk o'yinni o'tkazdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Istiqlol Qozog'iston chempionatining bronza medali sohibi Tobol klubiga 1:2  hisobida imkoniyatni boy berdi. Istiqlol safida Fatxullo Fatxulloev gol urdi.

Dushanbe klubi navbatdagi o'yinni 31 yanvar kuni Bosniya va Gertsegovinaning Chelik klubiga qarshi o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, OCHL-2019 saralashi doirasida AGMK klubi 12 fevral kuni o'z uyida Istiqlolni qabul qiladi.


Nazorat uchrashuvi
29 yanvar. Belek, Antaliya.
Istiqlol - Tobol - 1:2
Gollar
: Fatxullo Fatxulloev, 14 (0:1). Mixail Gordeychuk, 44 (1:1).  Maksim Fedin, 85 (1:2).
Istiqlol (Dushanbe):  Rustam Yatimov, Iskandar Jalilov (Firuz Karaev, 66), Jalil Kimsanov (Baxtiyor Qalandarov, 52), Aleksey Larin (Shaxrom Samiev, 66), Axtam Nazarov (Tabrezi Davlatmir, 52), Alisher Jalilov (Nozim Bobojonov, 63), Mixaylo Sakich (Amirbek Jo'raboev, 52), Komron Tursunov (Shaxrom Sulaymonov, 63), Fatxullo Fatxulloev (Muhammadjon Rahimov, 46), Sulaymon Muxadov (Exsoni Panchshanbe, 46), Viulen Ayvazyan (Sheriddin Boboev, 58).



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia