OCHL-2018. "Nasaf" – "Al Vasl" uchrashuvini avstraliyalik hakamlar boshqaradi

Tolibjon Qosimov
17 fev 2018
“Nasaf” – “Al Vasl” uchrashuvini avstraliyalik FIFA hakami Jillet Jared boshqaradi.

Unga qanotlarda hamyurtlari Bichem Eshli va Rayan Gallaxerlar yordam berishadi.

Uchrashuvda to'rtinchi hakam sifatida, Tailandlik hakam Sivakorn Pu-Don ishlaydi.

Hakamlar ishini Saudiya Arabistonidan Rustam Yusuf Mirzo nazorat qiladi.

Uchrashuvda avstraliyalik Erik Vu komissarlik qiladi.

OCHL-2018
“S” guruhi
, 2-tur
“Markaziy” stadion, Qarshi
20.02.2018. 18:00

“Nasaf” (O'zbekiston) – “Al Vasl” (BAA)

Bosh hakam: Jillet Jared (Avstraliya)
Qanot hakamlari: Bichem Eshli (Avstraliya), Rayan Gallaxer (Avstraliya)
Zaxira hakami: Sivakorn Pu-Don (Tailand)
Nazoratchi: Rustam Yusuf Mirzo (Saudiya Arabistoni)
Komissar: Erik Vu (Avstraliya)


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcnasaf.uz