"Obod"ni kelishilgan o'yinlarda ayblagan Federbet qanday tashkilot?

Aslanov Jasurbek
6 okt 2017
Bugun Toshkentning "Obod" klubi oliy ligadan chetlashtirilgani haqida e'lon qilindi.

PFL bergan rasmiy bayonotga ko'ra, Federbet xalqaro notijorat federatsiyasi "Obod"ni "So'g'diyona" (20-tur, 2:4) hamda "Nasaf"ga qarshi bahslarda (22-tur, 0:6) kelishilgan o'yinlarda aybladi.

O'zbekiston futbol federatsiyasi nomiga shubhali o'yinlar haqida ma'lum qilgan Federbet tashkiloti haqida qiziqib ko'rdik.

Federbet - notijorat tashkilot bo'lib, u kelishilgan sport o'yinlarini aniqlashda bukmekerlik kompaniyalariga yordam beradi. Shu bilan birga, tashkilot "pul yuvish" operaciyalari, voyaga etmagan futbolchilar bilan shartnoma tuzish kabi noqonuniy ishlarga qarshi kurashadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia